Biz haqimizda

Mehnat huquqi sohasida mutaxassislik va adolatli yondashuv

Biz O'zbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solish va yuzaga kelgan nizolarni tinch hamda qonuniy yo'llar bilan bartaraf etishga ko'maklashuvchi axborot-tahlil platformasimiz.

Mehnat huquqi sohasida mutaxassislik va adolatli yondashuv

Bizning asosiy maqsadimiz — xodimlar va ish beruvchilar o'rtasida vujudga keladigan tushunmovchiliklarni qonuniy asosda bartaraf etish, taraflarning huquqiy madaniyatini oshirish va ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashdir.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi normalarini amaliyotda to'g'ri qo'llash orqali har bir nizoli holatni chuqur tahlil qilamiz va tomonlarga xolis yuridik tavsiyalar taqdim etamiz.

Yuridik barqarorlik va korporativ tinchlikni taminlash yo'lida mehnat nizolari komissiyalarini tashkil etish va sud organlarida taraflarning qonuniy manfaatlarini ifodalash bo'yicha bilim va tajribamizni baham ko'ramiz.

Biz haqimizda

Biz tayonadigan asosiy qadriyatlar

01

Konfidensiallik

Tomonlar taqdim etgan barcha ma'lumotlar va shaxsiy hujjatlar uchinchi shaxslardan qat'iy ravishda sir saqlanadi.

02

Xolislik va professionallik

Nizolarni o'rganishda hech bir tomonga yon bosmasdan, faqat amaldagi qonun normalari va hujjatli dalillarga tayanib xulosalar qilamiz.

03

Tezkorlik va samaradorlik

Nizoli vaziyatlarni imkon qadar tez, sudgacha bo'lgan bosqichda va muzokaralar yo'li bilan yakunlashga intilamiz.

Mehnat munosabatlaridagi nizolarni qonuniy yo'l bilan hal qiling

Muammoli vaziyatni chuqurlashtirmasdan, professional tahlil va to'g'ri huquqiy yechim olish uchun hoziroq murojaat qiling.

Murojaat qoldirish